NATOning kengayishi Yevropa xavfsizligi tarixidagi eng qayg‘uli voqea bo‘ldi. Bu haqda "Valday" klubi konferensiyasida so‘zlagan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko ma’lum qildi, deb xabar beradi Lenta.ru muxbiri.
Diplomatning ta’kidlashicha, Shvesiya va Finlyandiyaning alyansga a’zo bo‘lish qarori ularni “xalqaro hamjamiyatning hurmatli a’zolari”dan “NATO chekkasi”ga aylantiradi. "Agar Madrid qarorlari mantig‘iga amal qilsak, bu a’zolik yakunlangandan keyin NATO Rossiya-Finlandiya chegarasi eng katta zaiflik ekanligini aytishni boshlaydi", dedi Grushko.