Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya taniqli bloger Ilya Varlamovni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya taniqli bloger Ilya Varlamovni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi

Rossiya Adliya vazirligi bloger Ilya Varlamovni xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda boshqarma saytida xabar berildi.

Bloger Rossiya Adliya vazirligi buyrug‘iga asosan xorijiy agent sifatida tan olingan. «I.A. Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatgan, xorijiy manbalardan yordam olgan», — deyiladi vazirlik xabarida.

2022 yil oxirida Varlamov "Romir" nashri versiyasiga ko‘ra, «Blogerlar» toifasida Rossiyaning eng yaxshi 10 fikr yetakchisi qatoriga kirgandi. Ro‘yxatdan jurnalist va teleboshlovchi Kseniya Sobchak, siyosatshunos Yekaterina Shulman (Rossiyada xorijiy agent sifatida tan olingan) va Goblin taxallusi bilan tanilgan bloger Dmitriy Puchkov ham bor.

Kiritildi: 09:24 24.03.2023. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!