Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Suriyaning yangi rasmiylari bilan allaqachon kelishdimi?

Rossiya Suriyaning yangi rasmiylari bilan allaqachon kelishdimi?

Rossiya Suriyaning yangi rahbariyati bilan mamlakatda ikkita bazani saqlab qolish borasida kelishuvga erishishga yaqin, deb yozadi Bloomberg.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova «Rossiya Suriyadagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, Rossiya Federasiyasi uchun ustuvor vazifa Rossiya diplomatik va harbiy ob’ektlarining daxlsizligi» ekanligini aytdi.

“Biz Suriyadagi dramatik voqealarni diqqat bilan kuzatib boramiz. Bizning mutlaq ustuvorligimiz - Suriyada joylashgan barcha Rossiya fuqarolarining xavfsizligi, shuningdek, Rossiya ob’ektlari va vakolatxonalari: diplomatik, harbiy va boshqa, shu jumladan mahalliy kompaniya va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlarning daxlsizligidir ", dedi Zaxarova.

Kiritildi: 21:24 12.12.2024. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!