"Maxar Technologies va Planet Labs tomonidan chop etilgan sun’iy yo‘ldosh suratlari shundan dalolat beradi. Ularda Hmeymim aviabazasiga kelgan transport samolyotlari, shuningdek, Rossiyaga jo‘natishga tayyorlanayotgan S-400 zenit-raketa majmuasining qismlari ko‘rsatilgan", deb yozadi nashr.
Maxar sun’iy yo‘ldoshlari O‘rta yer dengizidagi Tartus portidan suzib ketayotgan Rossiya harbiy kemalarini ham suratga olgan
Bundan tashqari, rus Telegram-kanallarida Rossiya harbiy texnikasi kolonnalari Hmeymim aviabazasi tomon yo‘l olgan video paydo bo‘ldi.
Avvalroq Bloomberg Rossiya Suriyada hokimiyatni egallagan qurolli guruhlar bilan mamlakatdagi harbiy bazalarini saqlab qolish bo‘yicha kelishuvga yaqin ekanini xabar bergan edi. TASS agentligi bunday muzokaralar davom etayotganini yozdi.