Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya shu yilning oxirigacha Xerson viloyatini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

A A A
Rossiya shu yilning oxirigacha Xerson viloyatini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallangan Xerson viloyati joriy yil oxiriga RF sub’ektiga aylanishi mumkin. Buning uchun referendum o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda TASSga mintaqaning Rossiya tomonidan tayinlangan harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Bu yil davomida bizda referendum o‘tkaziladi. Va referendum natijalariga ko‘ra, RFga qabul qilinishimiz uchun Rossiya Federasiyasi rahbariyatiga murojaat bo‘ladi”, degan u.

Stremousovning ta’kidlashicha, mintaqada yil oxiriga qadar Rossiya Federasiyasi sub’ekti bo‘lishni kutishmoqda.

Ma’muriyat vakili Xerson viloyati aholisining aksariyati mintaqaning Rossiya Federasiyasiga kirishini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirdi.

“Rossiya bizga kelajakka, an’anaviy istiqbolli kelajagimizga ega bo‘lish imkonini beradigan davlatdir. Ukraina G‘arbning o‘ziga xos loyihasi sifatida davlat o‘laroq shakllana olmadi”, deya qo‘shimcha qilgan Stremousov.

Xerson viloyati Ukrainaning janubida, Qrim Respublikasi bilan chegarada joylashgan. Joriy yilning mart oyida Rossiya Mudofaa vazirligi viloyat to‘liq egallanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 19:38 21.06.2022. O'qildi: 2887 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!