Rossiya qo‘shinlari 15 may kuni kechqurun Sumiga raketa zarbalari berishni rejalashtirmoqda. Rasmiylar shahar aholisini xavfsiz joylarda bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Sumi OVA Telegram-kanalidagi xabarda aytiladi.
Xabarda qayd etilishicha, tegishli xizmatlarning tezkor ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bugun Vokzaloldi maydoni va Shevchenko prospektiga raketa zarbalarini berishni rejalashtirmoqda.
"Ko‘rsatilgan manzillar yaqinida bo‘lganlarni zudlik bilan hududni tark etib, boshpana yoki xavfsiz joyga o‘tishga chaqiramiz. Yangilanishlarni rasmiy manbalardan kuzatib boring," - deyiladi xabarda.