Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari qaysi yo‘nalishlarda hujumni kuchaytirishi mumkin? Ukraina rasmiysi javob berdi

Rossiya qo‘shinlari qaysi yo‘nalishlarda hujumni kuchaytirishi mumkin? Ukraina rasmiysi javob berdi

Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari yaqin kunlarda asosiy hujum harakatlarini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirishi mumkin:

  • Donesk va Lugansk viloyatlarining ma’muriy chegarasiga chiqish;

  • Xarkov va Sum viloyatlari hududida “bufer zona” yaratish;

  • Zaporojye yo‘nalishida Ukraina mudofaasini yorib o‘tish;

  • Xerson viloyatida daryodan o‘tib hujumni rivojlantirish.

Palisaga ko‘ra, Rossiyaning tinch aholiga qilgan hujumlari AQShning Ukrainaga munosabatiga ta’sir qilmoqda. U AQSh va Yevropa yordamini Ukraina uchun hal qiluvchi deb hisoblaydi. Shuningdek, Ukraina o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda: milliy PVO, raketa tizimlari va snaryadlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda.

Kiritildi: 18:55 11.05.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!