Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya qurolli kuchlarining uyushtirgan ommaviy hujumi natijasida Ukrainaning 15 ta viloyati zarar ko‘rdi

Rossiya qurolli kuchlarining uyushtirgan ommaviy hujumi natijasida Ukrainaning 15 ta viloyati zarar ko‘rdi

Rossiya qurolli kuchlarining 26 avgust kuni uyushtirgan ommaviy hujumi natijasida Ukrainaning 15 ta viloyati zarar ko‘rdi, yaradorlar va halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Telegram'da ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari turli xil qurollar – PUA va qanotli raketalardan, jumladan Kinjaldan foydalangan.

Bosh vazirning aytishicha, hujumlar nishoni Ukrainaning energetika infratuzilmasi bo‘lgan.

“Afsuski, bir qator hududlarda zarar bor. «Ukrenergo tizimni barqarorlashtirish uchun favqulodda elektr uzilishlarini qo‘llashga majbur», deb yozadi Shmigal.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tu-95 bombardimonchi samolyotlari havo hududida paydo bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingani xabar qilingandi.

Kiyev shahar harbiy boshqarmasining Telegram-kanalida xabar qilinishicha, havo hujumi haqida ogohlantirish Tu-95MS samolyotlaridan qanotli raketa uchirilishi xavfi bilan bog‘liq.

Ukrainadagi turli Telegram kanallari orqali Xarkov, Nikolayev, Dnepr va Vinnitsa viloyatlari aholisi boshpanalarga borishga chaqirildi.

Kiritildi: 19:52 26.08.2024. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!