Rossiya kuchlari Donbas yoqilg‘i-energetika kompaniyasiga (DYOEK) tegishli issiqlik elektr stansiyasiga navbatdagi hujum uyushtirdi.
Bu haqda Ukraina OAVlari xabar bermoqda.
"Rossiya yana DYOEK issiqlik elektr stansiyasiga hujum qildi. Uskunalarga jiddiy shikast yetgan. O‘q otish oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqdamiz", — deyiladi xabarda.
Maqsadga mo‘ljallangan aniq elektr stansiyasi oshkor etilmagan.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri DYOEKning issiqlik elektr stansiyalariga 210 martadan ortiq hujum qilingan.