Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Qora dengiz ustidagi AQSh transporti uchun Su-30 samolyotini ishga tushirdi

A A A
Rossiya Qora dengiz ustidagi AQSh transporti uchun Su-30 samolyotini ishga tushirdi

Rossiya Qora dengiz uzra uchayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) insonsiz havo transporti uchun Su-30 rusumidagi qiruvchi samolyotini ishga tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Qora dengiz ustidagi Rossiya havo hududini nazorat qilish vositalarining Rossiya Federasiyasi davlat chegarasiga yaqinlashayotgan havo nishonini aniqlagani bildirildi.

Havo nishonini aniqlash va Rossiya davlat chegaralari buzilishining oldini olish maqsadida havo mudofaa vazifalarini bajaruvchi Rossiya Harbiy va kosmik kuchlarining Su-30 rusumidagi qiruvchi samolyoti ishga tushirilgani ma’lum qilingan bayonotda, “Rossiya harbiy samolyoti ekipajlari, havo nishonini, AQSh Harbiy-havo kuchlariga oid MQ-9A Reaper rusumidagi razvedkachi insonsiz havo transporti ekanini aniqladi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Rossiya samolyoti yaqinlashgach, Amerika Insonsiz havo transportining Rossiya chegarasidan qaytganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, “Rus samolyoti o‘z bazasiga eson-omon qaytib keldi. Rossiya Federasiyasi davlat chegarasining paymol qilinishiga yo‘l qo‘ymadi. Rossiya harbiy samolyotining parvozi, xavfsizlik chora-tadbirlariga muvofiq betaraf ravishda suvlar ustida havo sohasidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi”.-deyildi.

Joriy yilning 14-marti kuni AQShning Yevropa kuchlari qo‘mondonligi (EUCOM) Rossiyaning ikkita Su-27 rusumidagi samolyotining, Qora dengizda, AQShga oid MQ-9 rusumidagi Insonsiz havo transportiga qarshi ig‘vogar tusda munosabatda bo‘lgani va samolyotlardan birining MQ-9 bilan to‘qnashgani, oqibatida esa xalqaro suvlarga qulagani haqida ma’lumot bo‘lishgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa AQShga oid MQ-9 Insonsiz havo transportining Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” xalqaro standartlarga muvofiq barcha havo hududi foydalanuvchilariga bildirilgan vaqtinchalik status hududini buzganini qayd etgandi.

Kiritildi: 16:50 06.08.2023. O'qildi: 3017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!