Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Gresiyaning Rodos orolidan Tel-Avivga uchayotgan Isroilning Airbus A320 layneriga xavfli ravishda yaqinlashdi.
Ynet xabariga ko‘ra, voqea 18 oktyabrm kuni Kipr havo hududida sodir bo‘lgan. Bir muncha vaqt uchun ikkita samolyot bir-biridan ikki kilometrga yaqin masofada uchib ketdi. Gresiya dispetcherlari vaziyatga aralashdilar, shundan keyin Su-27 yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Rossiya aerokosmik kuchlarining Kipr mintaqasida faolligi oshgan. Bu Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasi yaqinidagi aviasiya faoliyati bilan bog‘liq. Shuningdek, rossiyalik harbiylar bilan bog‘liq boshqa hodisalar boshqa samolyotlarga nisbatan ham qayd etilgan.