Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya prezidenti yangi faxriy unvon haqidagi farmonni imzoladi

A A A
Rossiya prezidenti yangi faxriy unvon haqidagi farmonni imzoladi

Prezident Vladimir Putin Rossiyada "Rossiya Federasiyasi saylov tizimining xizmat ko‘rsatgan xodimi" faxriy unvoni ta’sis etilgan farmonni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur unvon Markaziy saylov komissiyasi va boshqa saylov komissiyalarining ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan a’zolariga, shuningdek, saylov va referendumga tayyorgarlik ko‘rishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

Bundan tashqari, unvon saylov tizimini rivojlantirish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, saylov huquqlarini ta’minlash va ularni himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun ham berilishi mumkin.

Kiritildi: 11:00 11.05.2024. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!