Vladimir Putin Mudofaa vazirligi rahbariyatini “Oreshnik” majmuasi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.
Mazkur uchrashuvda Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy bayonotlar:
◾️ Bizda bunday qurollar zaxirasi bor;
◾️ Rossiya Federasiyasi o‘z xavfsizligiga tahdidlarga qarab yangi turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazishni davom ettiradi;
◾️ “Oreshnik” raketasi eski tizimlarning modernizasiyasi emas, balki zamonaviy va so‘nggi ishlanmadir;
◾️ Rossiyaning kelajagi ko‘p jihatdan maxsus operasiyaning maqsadlariga erishilishiga bog‘liq;
◾️ “Oreshnik” kabi tizimlar ustida ishlash Rossiya uchun hayotiy ahamiyatga ega;
◾️ Hozir dunyodagi hech bir davlatda “Oreshnik” kabi tizim yo‘q;
◾️ “Oreshnik”ni ceriyali ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, u strategik raketa kuchlariga yetkazib beriladi;
◾️ “Oreshnik” tizimi dushman nishonlariga qarshi ommaviy ravishda qo‘llanilsa, uni strategik qurol bilan solishtirish mumkin bo‘ladi;
◾️ Rossiyada “Oreshnik”ka o‘xshash bir nechta tizimlar sinovdan o‘tkazilmoqda;
◾️ “Oreshnik” — bu yuqori aniqlikdagi qurol, u ommaviy qirg‘in vositasi emas;
◾️ “Oreshnik”ka o‘xshash tizimlar boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu ertaga yoki bir yildan keyin bo‘ladi. Rossiyada bunday qurolning bugun borligi judayam muhim.