Bugun 17 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Premyer-ligasida ilk futbolchi koronavirusga chalindi

A A A
Rossiya Premyer-ligasida ilk futbolchi koronavirusga chalindi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Jefferson Farfanning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi, deya xabar bermoqda Baza.

Perulik 35 yoshli forvard Rossiya Premyer-ligasida koronavirus yuqtirgan dastlabki futbolchiga aylandi. Manbada aytilishicha, futbolchida 15 may kuni pnevmaniya aniqlanib, so‘ng koronavirus yuqtirganligi ma’lum bo‘lgan. Farfan 22 martdan buyon Moskva viloyatidagi uyida yashayotgandi.

«Lokomotiv» klubi ham legioner futbolchisining infeksiyaga chalinganligini tasdiqladi.

 

Kiritildi: 10:15 17.05.2020. O'qildi: 2343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!