Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Agentlikning Ukraina rasmiylari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, oktyabr oyi davomida Rossiya ushbu mamlakat hududlariga tunda 270 ta raketa uchirgan.
Bu sentyabr oyiga nisbatan 46 foiz ko‘p bo‘lib, Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari bunday ma’lumotlarni muntazam e’lon qila boshlagan 2023 yil boshidan buyon eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir
Moskva ketma-ket to‘rtinchi yil qishda Ukraina elektr tarmog‘iga hujum qilmoqda, Kiyevning fikricha, bu tinch aholiga bosim o‘tkazishga qaratilgan. Oktyabr oyida mamlakatning barcha hududlarida, jumladan, Kiyevda ham elektr ta’minoti uzildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani elektr tarmoqlariga bunday shiddatli hujumlar orqali tartibsizlik keltirib chiqarish va ruhiy bosim o‘tkazishga urinishda aybladi.