Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar oyi yakunida Rossiyada neft qazib olish kuniga o‘rtacha 9,28 million barrelni tashkil qilgan. Bu neft qazib olish hajmi ketma-ket ikkinchi oy ham pasayganini ko‘rsatadi.
Qayd qilinishicha, bu holat Rossiya sotilmagan neftini ochiq dengizdagi tankerlarda to‘playotgani fonida sodir bo‘lmoqda. Fevral oyi boshiga kelib, butun dunyo bo‘ylab kemalardagi Rossiya neftining umumiy hajmi 143 million barrelga yetgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar va noyabr oyi oxiriga nisbatan chorak baravar ko‘pdir.
Agentlik ma’lum qilishicha, Moskva neft sotishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Jumladan, Vashington tomonidan o‘tkazilayotgan bosim xaridorlar topish jarayonining cho‘zilishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, Hindiston ham Rossiya neftini sotib olishdan bosh tortdi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Hindistoning bu qarorini ma’qullab, mamlakatga joriy qilingan 25 foizlik bojlarni bekor qildi.