Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurovning jiyani Ukrainada vafot etdi

A A A
Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurovning jiyani Ukrainada vafot etdi

Bu haqda (Rossiya rasmiylari tomonidan xorijiy OAV agenti sifatida tan olingan) "Meduza" bir necha ingush nashrlariga tayanib yozadi.

Adam Xamxoyev havo-desant-shturm rotasiyasi komandiri bo‘lgan va 21 mayga o‘tar kechasi vafot etgan. Uning dafn marosimi Ingushetiyada, viloyat markazi Qorabuloqda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ingushlarning "Fortanga" nashriga ko‘ra, Xamxoyev Ingushetiyaning sobiq rahbari, hozirda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Yunus-Bek Yevkurovning singlisining o‘g‘li edi.

Hozircha Ingushetiya hukumati tomonidan rasmiy xabar tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 23:07 21.05.2022. O'qildi: 4754 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!