Rossiya Davlat Dumasi MDH davlatlari bilan shaxsiy ma’lumot almashish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi.
Ushbu shartnomaga qo‘shilgan davlatlar, o‘zaro fuqarolik bor/yo‘qligi, sudlanganlik, ko‘chmas mulk va boshqa ma’lumotlar bilan almashish huquqiga ega bo‘ladi.
Shartnomaga ko‘ra, bir davlatning vakolatli organi yuborgan so‘rovnomaga ikkinchi davlat ikki oy ichida javob berishi kerak.
So‘rovnoma olgan davlat, ushbu ma’lumot uning suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazadi yoki shaxsni diniy, milliy belgisiga ko‘ra ta’qib qiladi deb hisoblagan taqdirda – so‘rovnomaga javob bermaslik huquqiga ega.