Ukraina prezidenti Britaniyaning The Sun nashriga intervyu berib, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanayotgan Maydan-3 operasiyasining ayrim tafsilotlari haqida so‘z yuritdi.
Uning ta’kidlashicha, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya o‘zida mavjud bo‘lgan barcha vositalardan foydalangan holda 2023 yil oxirigacha Ukraina prezidentini almashtirishni rejalashtirmoqda.
Intervyuda Ukraina prezidenti uning hayotiga shunchalik ko‘p marta suiqasd qilinganidan hisobdan adashib ketganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, eng esda qolarlisi, uni o‘ldirishga birinchi urinish bo‘lib, u Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshida qilgan. Keyingi suiqasd urinishlari endi unchalik keskin sezilmadi, dedi Zelenskiy.