"Shimoliy Koreya allaqachon Rossiyadan harbiy texnika va harbiy tayyorgarlik shaklida yordam olmoqda. Shu bilan birga, Moskva koinot va sun’iy yo‘ldosh sohalarida ilg‘or texnologiyalarni Pxenyan bilan bo‘lishish niyatida, deb aytishga asosimiz bor", — dedi Entoni Blinken Seulga tashrifi chog‘ida.
Davlat departamenti rahbari, shuningdek, AQShning BMTdagi doimiy vskili Linda Tomas-Grinfildning "Moskva Shimoliy Koreyaning yadroviy davlat maqomini rasman tan olishga yaqin" degan fikrini ham takrorladi.