Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Kursk viloyatiga qo‘shin kiritmoqda

Rossiya Kursk viloyatiga qo‘shin kiritmoqda

Rossiya Ukraina qo‘shinlarining Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi hujumiga javob berish uchun o‘z qo‘shinlarining bir qismini Ukraina hududidan olib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal amerikalik rasmiylarga tayanib yozmoqda.

Ularga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiya hududidagi operasiyasi rus qo‘shinlarini Ukrainadan keng ko‘lamli bosqinda ishtirok etayotgan bo‘linmalarni olib chiqishga majbur qilmoqda.

Qayd etilishicha, amerikalik tahlilchilar Kursk viloyatiga qancha qo‘shin kiritilayotgani va bu Ukrainadagi jangovar harakatlar jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hozircha aniqlamagan.

Ukrainaning Tavriya qurolli kuchlari bo‘linmasi matbuot kotibi Dmitriy Lixoviy avvalroq Ukraina qo‘shinlarining Kursk viloyatiga kirishi bilan Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Zaporojye va Xerson viloyatlaridan nisbatan kichik qo‘shinlar kontingentini olib chiqib ketishganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:29 14.08.2024. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!