Rossiya Kupyanskga hujum qilish uchun 500 ta tank, 600 dan ortiq jangovar mashina, yuzlab gaubitsa va 40 ming askar to‘plagan — Forbes
Xabar qilinishicha, Rossiyada mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi fonida RF Qurolli kuchlari bahorga yaqin harbiy muvaffaqiyatga erishish uchun yirik hujumni boshlashni rejalashtirmoqda.
"Xarkov viloyatining bir bo‘lagi saylovda Rossiya armiyasidan Putinga “sovg‘a” qilinishi mumkin, — deyiladi maqolada.