Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya korxonasi O‘zbekistonda burg‘ulash qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirmoqchi

A A A
Rossiya korxonasi O‘zbekistonda burg‘ulash qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirmoqchi

Rossiyaning “Rudgormash” kon uskunalari ishlab chiqaruvchi korxonasi O‘zbekistonda burg‘ulash qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rudgormash” bosh direktori Anatoliy Chekmenev va O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Chet el investisiyalarini jalb qilish agentligi direktori o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda qayd etilishicha, “Rudgormash” O‘zbekistondagi ikki yirik tog‘-kon sanoati Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarining mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishni rejalashtirgan.

“Kompaniyaning navbatdagi bosqichi respublikaning erkin iqtisodiy zonalaridan birining hududidan kelajakdagi ishlab chiqarishni joylashtirish uchun joy tanlashdan iborat”, — deyiladi xabarda.

“Rudgormash” zavodi tog‘-kon korxonalarida ishlatiladigan burg‘ulash, tog‘-kon va qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning eng yirik korxonasidir.

Kiritildi: 15:13 30.09.2023. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!