Norvegiya elchisi Xeydi Olufsen "Professor Molchanov" kemasi musodara qilinganidan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi veb-saytidagi bayonotda aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya "Professor Molchanov" kemasining musodara qilinishi munosabati bilan Norvegiyaga qat’iy norozilik bildirgan. Moskva bunday harakatlarni qat’iyan rad etadi va musodarani bekor qilishga harakat qiladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, kema Rosgidrometning Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi shimoliy departamentiga tegishli. U Murmanskdan Rossiyaning Barensburg aholi punktiga rejalashtirilgan sayohatda bo‘lgan va boshqa narsalar qatori Arktikugol tresti xodimlari va olimlarni ham tashigan. "Professor Molchanov" shuningdek, Rossiyaning Barensburg va Piramida aholi punktlariga zaruriy materiallarni yetkazib beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr kuni Norvegiya hukumati Svalbard arxipelagidagi Rossiyaning Barensburg qishlog‘i portida bo‘lgan Rossiyaning "Professor Molchanov" tadqiqot kemasini hibsga olishni buyurgan edi.