Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga qo‘ra "Katta sakkizlik"ga qaytish Rossiyani qiziqtirmaydi va Tramp taklif qilganiga qaramasdan unga qayta a’zo bo‘lish rejalashtirilmagan. Rossiya uchun "Katta yigirmalik" (G20) muximroq format hisoblanadi.
"Biz bir necha marotaba aytganimizdek, hozirgi “Ettilik guruhi” (G7) o‘z dolzarbligini ancha yo‘qotgan. Chunki unga a’zo davlatlar hozirgi kunda turli iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi emas. Bugungi kunda o‘sish markazlari dunyoning boshqa mintaqalaridir. Shu sababli, Rossiya “Katta yigirmalik” doirasida konstruktiv ish olib borishdan ko‘proq manfaatdor. Chunki aynan G20 dunyo iqtisodiyotining lokomotivini yaxshiroq aks ettiradi", – dedi Kreml vakili Dmitriy Peskov.