Rossiya Kanadaning so‘nggi sanksiyalariga javoban ushbu mamlakatning 26 nafar fuqarosiga shaxsiy cheklovlar kiritdi. Bu haqda Rossiya TIV Matbuot hizmati xabar berdi.
Ro‘yxatdan yuqori lavozimli amaldorlar, ularning qarindoshlari va do‘stlari, harbiy-sanoat kompleksi va kemasozlik sanoatining top-menejerlari, qurolli kuchlar qo‘mondonlari joy olgan:
Sofi Tryudo – Bosh vazir J.Tryudoning rafiqasi;
Grem Bouli – Bosh vazir o‘rinbosari X.Frilandning turmush o‘rtog‘i;
Feliks Marzell – Tashqi ishlar vaziri M.Jolining hamkori;
Zenon Potichniy – Kanada-Ukraina Savdo-sanoat palatasi prezidenti, Butunjahon ukrainlar kongressi direktorlar kengashi a’zosi;
Mari Buntrodjiani – Kanadaning “Help us help” xayriya tashkiloti rahbari, Ontario provinsiyasi Vazirlar Mahkamasining sobiq a’zosi;
Joslin Pol – Kanada quruqlik kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant;
Erik Jan Kenni – Kanada havo kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant;
Angus Ian Topshi – Kanada dengiz floti qo‘mondoni, vise-admiral;
Pol Desmarais kichigi – Kanadaning “Quebec Power Corporation of Canada” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi;
Andre Desmarais – Kanadaning “Quebec Power Corporation of Canada” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari;
Loreyn Ben – “Lockheed Martin Canada” kompaniyasi bosh direktori;
Endryu Kouts – “Lockheed Martin Canada” kompaniyasi menejeri;
Richard Foster – “L3Harris Technologies Canada” kompaniyasi bosh direktori va vise-prezidenti, Kanada Aerokosmik sanoati uyushmasi direktorlar kengashi raisi;
Mark Parent – “CAE Inc.” kompaniyasi bosh direktori;
Kevin Muni – “Irving Shipbuilding Inc.” kompaniyasi prezidenti;
Jeyms D. Irving – “Irving Shipbuilding Inc.” kompaniyasi bosh direktori;
Mayk Grinli – “MDA Ltd.” kompaniyasi bosh direktori;
Shon Grinvud – “Canadian UAVs” kompaniyasi prezidenti;
Terri Menion – “Raytheon - Raytheon Canada Ltd.” kompaniyasining bosh menejeri va vise-prezidenti;
Kristin Chanfarani – Kanada Mudofaa va xavfsizlik sektori sanoati assosiasiyasi prezidenti va bosh direktori;
Kevin Ford – “Calian Group Ltd.” kompaniyasi prezidenti va bosh direktori, Kanada Mudofaa va xavfsizlik sanoati assosiasiyasi direktorlar kengashi raisi;
Mayk Myuller – Kanada Aerokosmik sanoati assosiasiyasi prezidenti va bosh direktori;
Duglas Xarrison – Kanada tijorat korporasiyasi direktorlar kengashi raisi;
Robert Kvon – Kanada tijorat korporasiyasi prezidenti va bosh direktori;
Jeyms Devis – “Chantier Davie Canada Inc.” kemasozlik kompaniyasi prezidenti, bosh direktori va hammuallifi;
Stiven Matiyer – “Maritime Launch Services” kompaniyasi prezidenti, Yangi Shotlandiyadagi Kanada-Ukraina uchish maydonchasi tashkilotchisi va bosh pudratchisi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 may kuni Kanada Rossiya Prezidenti Vladimirga Putin rejimiga yaqin bo‘lgan yana 14 nafar shaxsni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.