Krasnodar o‘lkasining Temryuk shahrida Ukraina Qurolli kuchlari dronlarining hujumi oqibatida port infratuzilmasi zarar ko‘rdi.
Bu haqda mintaqaviy tezkor guruh o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Kiyev rejimiga qarashli uchuvchisiz samolyotning hujumi tufayli Temryukdagi port infratuzilmasi elementlari zarar ko‘rdi. Yong‘in sodir bo‘ldi", - deyiladi tezkor guruh bayonotida.
Bayonotda qo‘shimcha qilinishicha, yong‘inni o‘chirishda 32 nafar mutaxassis va sakkizta texnika ishtirok etmoqda. Voqea joyida maxsus va favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
Shuningdek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘qligi, xodimlar evakuasiya qilingani ta’kidlangan.