Tegishli hujjatni hukumat raisi Mixail Mishustin imzoladi.
Ularga soliqlar va sug‘urta to‘lovlarini bir yilga kechiktirish imkoniyati beriladi, shuningdek, tekshiruvlar to‘xtatiladi.
Jabrlangan kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 2026 yil avgustidan 2027 yil iyuligacha to‘lanishi lozim bo‘lgan 12 oylik QQS, import solig‘i, foyda solig‘i, USN va AUSN bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek sug‘urta badallarini to‘lash muddatini ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi. Keyinchalik bu summalarni yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Zarar miqdori yillik daromadining 5 foizidan oshgan korxona va tadbirkorlarga nisbatan quyidagi yordam choralari qo‘llaniladi:
▫️Tadbirkorlar daromad solig‘i, QQS to‘lovlarini kechiktirish huquqiga ega bo‘ladilar;
▫️ Sug‘urta to‘lovlari va avans to‘lovlarini kechiktirish huquqi beriladi;
▫️Soliq tekshiruvlari yil oxirigacha to‘xtatiladi;
▫️ Qarzlarni undirish to‘g‘risida qarorlar muddati olti oyga uzaytiriladi.
Kiritildi: Bugun 15:22.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.