Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya hujumidan so‘ng Kiyevning suv ta’minotida ham muammolar paydo bo‘ldi

Rossiya hujumidan so‘ng Kiyevning suv ta’minotida ham muammolar paydo bo‘ldi

Kiyevda suv ta’minotida muammolar yuzaga keldi. Bu haqda Kiyev shahar ma’muriyati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘ng qirg‘oqdagi suv ta’minoti tizimi past bosimda ishlamoqda», — deyiladi xabarda. Poytaxt ma’muriyatining qo‘shimcha qilishicha, energetika va kommunal xizmatlar suv ta’minoti holatini barqarorlashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, kuchlanish yo‘qligi sababli elektr transporti kechiktiriladi. Shahar hokimiyati aholini svetoforning nosozliklari haqida ham ogohlantirdi.

26 avgust kuni Rossiya kuchlari Ukrainadagi nishonlarga katta zarba berdi. Erta tongdan Kiyev, Poltava, Vinnisa, Kirovograd, Dnepropetrovsk va mamlakatning boshqa viloyatlarida portlash ovozlari eshitildi. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Rossiya qurolli kuchlarining energetika ob’ektlariga bergan zarbalariga javob berish bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 21:46 26.08.2024. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!