"Rossiya Mudofaa vazirligi uchuvchisiz tizimlar ishlab chiquvchilarga harbiy maqsadlardagi neyron tarmoqlarni o‘qitish maqsadida dronlardan jangovar foydalanishni ob’ektiv nazorat qilish ma’lumotlariga kirish imkonini beruvchi xizmatni yaratdi," - deyiladi vazirlik xabarida.
Xizmat ishlab chiquvchilarga FPV-dronlar va boshqa uchuvchisiz apparatlardan foydalanish jarayonida olingan videolardan foydalanish imkonini beradi. Hozirda platformaga 40 dan ortiq tashkilot ulangan. Yangi xizmat ishlab chiquvchilarga tayyorlangan videomateriallar bilan maxsus xotiraga kirish imkonini beradi.
Shuningdek, mutaxassislar sun’iy intellektni o‘qitish uchun ma’lumotlarni saralash tizimini ham yaratdi. Bu ma’lumotlar vazirlikka o‘z neyron tarmoqlarini ishlab chiqish va o‘qitishda yordam beradi.
Xizmatning ishlashi haqida boshqa ma’lumotlar berilmagan.