Georgiy tasmasi Rossiyada harbiy shon-shuhrat ramzlari bilan tenglashtiriladi. Endi uni tahqirlash ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik deb topilib, 5 million rublgacha jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yangi qonunga ko‘ra, "tarixiy xotira bilan bog‘liq bo‘lmagan" maqsadlarda Georgiy lentasidan foydalaniladigan faoliyatlar to‘xtatiladi, biroq rasmiylar keng ko‘lamdagi tadbirlar vaqtida ramzdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.