Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya elchixonasi AQShni o‘z saylovlarini kuzatishga chaqirdi

Rossiya elchixonasi AQShni o‘z saylovlarini kuzatishga chaqirdi

Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Davlat departamentining Rossiya saylovlari haqidagi tanqidiga javoban, Qo‘shma Shtatlarni o‘z ovozlarining shaffofligi haqida ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishga chaqirdi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Rossiya rasmiylarini yaqinda bo‘lib o‘tgan Rossiyadagi mintaqaviy va munisipal saylovlar chog‘ida so‘z erkinligi tamoyillari ko‘p miqdorda buzilganlikda ayblagan edi.

Rossiya elchixonasi Amerika tomoniga Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlarini o‘rganishni va “asossiz bayonotlar”dan saqlanishni tavsiya qildi.

“Biz AQShning o‘zida saylov jarayonlarining shaffofligini, ichki ishlarimizga aralashmasdan ta’minlashga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 08:12 17.09.2022. O'qildi: 1744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!