Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya dronlarining tungi hujumi Moskvaning urushni cho‘zayotganiga dalil bo‘ladi — Ukraina prezidenti

Rossiya dronlarining tungi hujumi Moskvaning urushni cho‘zayotganiga dalil bo‘ladi — Ukraina prezidenti

Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari 26 martga o‘tar kechasi Ukrainaga 117 ta dron bilan hujum qilgan. Ukraina Havo kuchlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 56 tasi urib tushirilgan. Hujum natijasida halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Ukraina prezidenti Rossiyaning bu zarbalarini "Moskvaning tinchlik shartlarini bajarish niyati yo‘qligini ko‘rsatuvchi isbot" deb atadi.

"O‘q ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan keyin bunday keng ko‘lamli zarbalar berish – butun dunyoga Moskvaning haqiqiy tinchlikka erishishni istamasligini ko‘rsatish demakdir. AQSh 11 martdan beri o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish taklifini ilgari surmoqda. Ammo Rossiya har kuni, har kecha o‘z hujumlari bilan bu tinchlik taklifiga “yo‘q” deya javob bermoqda", – deb yozdi Zelenskiy Telegram kanalida.

Kiritildi: 16:08 26.03.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!