Rossiya Davlat Dumasi «2025 yilga va 2026–2027 yillarni rejalashtirish davriga mo‘ljallangan federal budjet to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi Rossiya parlamenti sayti 21 noyabr kuni.
Rossiya hukumati 30 sentyabr kuni Davlat Dumasiga budjet loyihasini taqdim etdi. Loyiha 2025 yilda «Milliy mudofaa» sarlavhasi ostida harbiy xarajatlar uchun 13,5 trillion rubl (yoki Rossiya yalpi ichki mahsulotining 6,31 foizi) ajratilishini nazarda tutadi. Bu Rossiyaning zamonaviy tarixidagi rekord darajadagi harbiy xarajatlardir, deb yozadi Meduza.
Yangi uch yillik budjetda 2026-2027 yillarda harbiy xarajatlar biroz kamayishi nazarda tutilgan: 2026 yilda 12,8 trillion rubl va 2027 yilda 13,1 trillion rubl.
Nashrning qayd etishicha, urush va huquq-tartibot idoralariga sarflangan mablag‘lar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy siyosat va milliy iqtisodiyotni jamlagandan ko‘ra ko‘proq.