Bu haqda Bloomberg neft narxlari o‘sishi dinamikasini tahliliga tayanib yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Urals markasidagi neft narxi bir barreli uchun 100-120 dollargacha ko‘tarilganidan so‘ng, Rossiya byudjeti daromadlarida keskin o‘sish kuzatiladi.
"Shu sababli Rossiya endi byudjet xarajatlarini qisqartirishni rejalashtirmayapti va hatto Ukrainadagi urush cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, harbiy ehtiyojlar uchun xarajatlarni yanada oshirishi ehtimoli ham mavjud", deyiladi Bloomberg maqolasida.