Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Buyuk Britaniya hukumatiga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi

Rossiya Buyuk Britaniya hukumatiga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi

Buyuk Britaniya hukumati va parlamenti a’zolari hamda The Times va Daily Mail gazetalari jurnalistlari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi, deya xabar bermoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

"Qaror Buyuk Britaniya rasmiylarining Rossiyaga qarshi davom etayotgan agressiv ritorikasi, London tomonidan mamlakatimizga qarshi tizimli ravishda joriy qilinayotgan noqonuniy bir tomonlama sanksiyalar, shuningdek, ushbu mamlakat rahbariyatining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘ylamasdan olib borayotgan siyosatiga javoban qabul qilindi", deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Avvalroq, Buyuk Britaniya Rossiyaning “soya flotiga” qarshi eng yirik sanksiyalar paketini joriy qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 16:12. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!