Rossiya bugun ertalab Ukraina tomon 40 dan ortiq raketa uchirdi, ulardan kamida 30 tasi yo‘q qilindi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy xabar berdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hujumlardan maqsad mamlakat gaz infrastrukturasini va energetika ob’ektlarini nishonga olish bo‘lgan, biroq energetika tizimi ish faoliyatini saqlab qolgan.
Zelenskiy, shuningdek, 15 yanvarga o‘tar tunda Rossiyaning 70 dan ortiq zarba beruvchi dronlari urib tushirilganini qo‘shimcha qildi.