Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya bu masalaga jiddiy yondashishi kerak — AQSh Davlat departamenti

Rossiya bu masalaga jiddiy yondashishi kerak — AQSh Davlat departamenti

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus brifingda AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi so‘nggi bayonotlarini xafa bo‘lish belgisi sifatida qabul qilmaslik kerakligini aytdi.

Jurnalistlardan biri "Bu bayonotlarni Vashingtonning Moskva bo‘yicha siyosatini “tuzatish” kontekstida ko‘rib chiqish kerakmi?", deb so‘radi.

"Men buni hafsalasi pir bo‘lish holati deb atamas edim. Bu – turli mintaqalarda tinchlik o‘rnatishga harakat qilgan insonning bayonoti. U o‘z fikrini aniq bayon qildi. Menimcha, Rossiya bu gaplarni jiddiy qabul qilishi kerak", – dedi Bryus.

Seshanba kuni Tramp "Putin olov bilan o‘ynashyapti, agar men bo‘lmaganimda, Rossiya bilan “juda yomon voqealar” sodir bo‘lardi", dedi. Bundan oldin esa, Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan ommaviy zarbalaridan keyin Tramp Putinni “butunlay aqldan ozgan” deb atagan edi. Kreml buni “emosional reaksiya” deb baholadi.

"Men prezidentning emosiyalari haqida gapirmayman, u nimaga erishmoqchi ekanini aniq biladi. Menimcha, biz hammamiz undagi shu sifatni qadrlaymiz. Agar ruslar yuz berayotgan voqealar mohiyatiga befarq bo‘lmaganida, ular bu haqda kamroq o‘ylab, hozirgi qon to‘kish va qirg‘inni to‘xtatish uchun o‘z qo‘llaridan nima kelishini ko‘proq o‘ylagan bo‘lar edi", — dedi Davlat departamenti vakili.

Shu bilan birga, Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi ehtimolini istisno qilmagan. The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti shu haftada Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarni joriy qilishi mumkin.

"Prezident ixtiyorida bizning pozisiyamiz inobatga olinishini ta’minlash uchun turli vositalar mavjud, bu vositalar davom etayotgan qirg‘inni to‘xtatish uchun bosim ko‘rsatishda qo‘llanishi mumkin", – deya qo‘shimcha qildi Bryus.

Kiritildi: 10:25 28.05.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!