Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlarida NATO bilan urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun GPS tizimi faoliyatini to‘xtatib qo‘ymoqda.
Bu haqda Bloomberg Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni Martin Heremga tayanib xabar bermoqda
Heremning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi Sharqiy Yevropada fuqarolik aviasiyasi, smartfonlar va qurol tizimlari tomonidan qo‘llaniladigan GPS signallarini so‘ndirib qo‘ymoqda. O‘tgan yildan beri Boltiqbo‘yi mintaqasida shunga o‘xshash holatlar tez-tez qayd etilmoqda.
Estoniyalik qo‘mondonning ta’kidlashicha, Rossiya Federasiyasi shu tariqa kelajakda NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro xavfi fonida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.