Bugun 24 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Bolgariyaga nota yo‘lladi

Rossiya Bolgariyaga nota yo‘lladi

Rossiya elchixonasi Bolgariya Tashqi ishlar vazirligiga rossiyalik fuqaro Igor Grechushkin ishi yuzasidan rasmiy nota yo‘lladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Grechushkin besh yil avval Livan poytaxti Bayrut portda sodir bo‘lgan yirik portlash bilan aloqadorlikda gumonlanib, yaqinda Sofiyada qo‘lga olingan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Moskva vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va Bolgariyadan fuqarosining hibsga olinishi bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etilishini talab qilmoqda.

Kiritildi: 14:49 23.09.2025. O'qildi: 1560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!