«Manchester Siti» ertaga Toshkent vaqti bilan 23:45 Angliya liga kubogi doirasida «Haddersfild»ga qarshi maydonga chiqadi.
Uchrashuvda Gvardiola ko‘plab rotasiyalarni amalga oshirmoqchi. Jumladan o‘yinda «Arsenal»ga qarshi bahsda kichik jarohat olgan Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi.
Hozircha Husanovning shanba kungi APL doirasidagi «Byornli»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi ham so‘roq ostida qolmoqda.