Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya benzin eksportini taqiqlashni yana ikki oyga uzaytirdi

A A A
Rossiya benzin eksportini taqiqlashni yana ikki oyga uzaytirdi

Rossiya hukumati xorijga benzin yetkazib berishni nafaqat butun avgust oyi, balki 2024 yilning sentyabr va oktyabr oylarida ham taqiqladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasida chiqish qilgan energetika vaziri o‘rinbosari Pavel Sorokin ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ichki yoqilg‘i bozoridagi o‘zgaruvchanlik va benzin narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qabul qilingan.

Yuqori martabali amaldorning qayd etishicha, so‘nggi bir oy ichida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari benzin ishlab chiqarishni 5 foizga, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni esa 14 foizga oshirgan.

Cheklovlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga benzin yetkazib berish bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarga taalluqli emas.

Kiritildi: 15:54 31.07.2024. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!