Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya armiyasining bir oylik yo‘qotishlari rekord darajaga yetdi

Rossiya armiyasining bir oylik yo‘qotishlari rekord darajaga yetdi

Rossiya armiyasi sentyabr oyida Ukrainadagi janglarda 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchisidan ayrilgan. Ularning 28 ming nafargachasi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda Bloomberg NATOning yuqori martabali harbiy amaldoriga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari katta yo‘qotishlarga qaramay, Ukraina hududida hujumlarni davom ettirmoqda. Harbiylar dronlar, artilleriya va minalar bilan himoyalangan hududlarga yuborilayotgani yo‘qotishlar ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

NATO vakilining baholashicha, shu davrda Ukraina armiyasi 5 mingga yaqin harbiysini yo‘qotgan. Bu raqam halok bo‘lganlar va yaralanganlarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya armiyasi ayrim oylarda 30–35 ming nafargacha harbiysidan ayrilayotganini bildirgan edi.

Tomonlarning harbiy yo‘qotishlari haqidagi ushbu ma’lumotlarni mustaqil tasdiqlash imkoni yo‘q.

Kiritildi: 23:18 12.10.2026. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!