Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya armiyasi "yaqin o‘n yillikda" NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroga tayyor bo‘lishi kerak

A A A
Rossiya armiyasi "yaqin o‘n yillikda" NATO bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaroga tayyor bo‘lishi kerak

Bu haqda rus Mudofaa vaziri Belousov departament hay’ati yig‘ilishida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Belousovning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi mojaro ehtimolini NATO'ning shu yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan sammitida qabul qilingan qarorlar ko‘rsatmoqda.

"Bu AQSh va boshqa NATO davlatlarining doktrinal hujjatlarida ham o‘z aksini topgan", — deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun, alyansning Vashingtonda bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng, NATO davlatlarining qo‘shma bayonotida Rossiya uzoq muddatda saqlanib qoladigan “eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsizlik tahdidi” deb atalgandi.

Kiritildi: 18:42 16.12.2024. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!