Rossiya armiyasi 2024 yilda urush boshlanganidan beri eng katta yo‘qotishlarga uchradi.
“Mediazona” va BBC rus xizmati jurnalistlari ochiq manbalar asosida 2024 yilda Ukrainadagi urushda 20 ming 364 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Jurnalistlar 2022 yilda — 18 ming 983 kishi, 2023 yilda esa 33 ming 550 kishi urushda halok bo‘lganini tasdiqlashga erishgan. Yana 11 ming 860 nafar rossiyalik harbiy qaysi sanada vafot etgani noma’lum.
Halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Boshqirdiston va Tatariston birinchi o‘rinda. 2024 yil davomida ushbu respublikalarning qariyb 2 ming fuqarosi urushda halok bo‘lgan.
Ommaviy axborot vositalari vakillari 2022 yil 24 yanvardan beri jami 84 ming 761 nafar rossiyalik harbiyning o‘limini tasdiqlashga erishgan.