Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya AQSh bilan yana mahbuslar almashinuvi masalasini ko‘rib chiqishga tayyor — Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov

Rossiya AQSh bilan yana mahbuslar almashinuvi masalasini ko‘rib chiqishga tayyor — Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov

"Bunday kelishuvlar Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati uchun bu qadam juda muhim", — deya ta’kidladi Ryabkov.

Mash Telegram-kanaliga ko‘ra, mahbuslar almashinuvi 2025 yil fevralida amalga oshirilishi mumkin. Rossiya TIV ro‘yxatiga Qo‘shma Shtatlarda josuslik va sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemalarini uyushtirishda ayblangan 70 kishi kiritilgan. Vashington ro‘yxatiga harbiy xizmatchi Gordon Blek, AQSh fuqarosi Jozef Tater, AQSh va Rossiya fuqarosi Kseniya Karelina kiritilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 avgustida Anqarada Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasida avvalgi mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya, AQSH, Germaniya, Polsha, Sloveniya, Norvegiya va Belarus qamoqxonalarida saqlanayotgan 26 kishi almashilgandi.

Kiritildi: 23:24 11.12.2024. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!