Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya AQSh bilan kelishuv doirasida 14 yilga qamalgan sobiq diplomatni ozod etdi

Rossiya AQSh bilan kelishuv doirasida 14 yilga qamalgan sobiq diplomatni ozod etdi

Giyohvand moddalar kontrabandasi uchun Rossiyada 14 yil muddatga qamalgan amerikalik sobiq diplomat Mark Fogel RF va AQSh o‘rtasidagi kelishuv doirasida ozod etildi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols e’lon qilgan Oq uy bayonotida so‘z boradi.

Bayonotda qayd etilishicha, AQSh ma’muriyati «almashinuv bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lib, bu Rossiya tomonining ijobiy kayfiyatini ko‘rsatadi va Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilinayotganidan dalolat beradi». AQSh mamlakatda hibsda saqlanayotgan biror rossiyalikni topshirgan yoki topshirmaganiga aniqlik kiritilmagan.

«Almashinuv» bo‘yicha muzokaralarni AQSh prezidenti Donald Tramp hamda uning maslahatchilari, jumladan, Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsis vakili lavozimida ishlayotgan Stiv Uitkoff olib borgan. Avvalroq OAV Moskvadagi Vnukovo aeroportiga Vashingtondan Gulfstream G650ER biznesjeti uchib kelgani to‘g‘risida xabar bergandi. Samolyot Uitkoffga bog‘liq ekani aytilgan. Kreml biznesjet haqidagi xabarlarga izoh berarkan, Rossiya hukumati Trampning maxsus vakili bilan biror uchrashuvni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Oq uy bayonotida keltirilishicha, Uitkoff Rossiya havo makonini Fogel bilan birga tark etgan.

AQSh elchixonasining Moskvadagi sobiq xodimi Mark Fogel 2021 yil avgustda Nyu-Yorkdan rafiqasi bilan birga uchib kelgan vaqtida Sheremetevo aeroportida hibsga olingan edi. Bojxona ko‘rigi vaqtida amerikalikning chamadonidan kannabis va gashish moyi topilgan.

Fogelning o‘zi tergov izolyatoriga kelgan huquq himoyachilariga uni 17 gramm marixuanani olib o‘tishga uringani uchun hibsga olishganini aytgan. Amerikalik gap umurtqasida o‘tkazilgan operasiyadan keyin AQShdagi shifokor unga yozib bergan tibbiyot marixuanasi haqida ketayotganini ta’kidlagan.

2022 yil iyunda Moskva viloyati sudi Fogelni 14 yil muddatdan ozodlikdan mahrum etgan. Sud matbuot xizmati AQSh fuqarosi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lganini bildirgan.

Kiritildi: 11:04 12.02.2025. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!