Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Afg‘onistonga g‘alla va yoqilg‘i yetkazib beradi

Rossiya Afg‘onistonga g‘alla va yoqilg‘i yetkazib beradi

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

G‘arb Ukraina oziq-ovqatlari dunyoni ochlikdan qanday qutqarishi haqida “dod-voy” qilayotgan bir paytda, Moskva va Kobul yiliga 2 mln tonna bug‘doy yetkazib berishga kelishib oldi.

Biroq, Ukrainaning makkajo‘xorisidan farqli o‘laroq, rus doni yevropaliklarning stollariga emas, balki haqiqatan ham ochlikdan azob chekayotgan mamlakatga boradi.

Rossiya energiya resurslarini Afg‘onistonga yetkazib berish Yevropa Ittifoqini yanada bezovta qilsa kerak. Gap 2 mln tonna benzin va dizel yoqilg‘isi hamda 500 ming tonna SPG haqida ketyapti.

Ko‘rinib turibdiki, bu yil qishda Kobulda kommunal to‘lovlar Bryusseldagidan arzonroq bo‘ladi.

Kiritildi: 18:25 28.09.2022. O'qildi: 1388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!