Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarni o‘ldirgani uchun “Tolibon”ga pul to‘lagan

Rossiya Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarni o‘ldirgani uchun “Tolibon”ga pul to‘lagan

Rossiya harbiy razvedkasi uzoq yillar davomida Afg‘onistondagi terrorchi guruhlarga 2021 yil o‘rtalariga qadar Afg‘onistonda bo‘lgan xalqaro koalisiya harbiylarini o‘ldirgani uchun pul to‘lagan. Bu haqda Insider va Der Spiegel e’lon qilgan surishtiruvda aytiladi.

Sobiq afg‘on davlat xizmatchilari, jumladan, Milliy xavfsizlik boshqarmasi (BMB) jurnalistlarga AQSh va koalisiya askarlariga nisbatan hujumlar 2016 yildan 2019 yilgacha sodir bo‘lganini aytdi.

Har bir halok bo‘lgan harbiy uchun mukofot 200 ming dollarni tashkil etgan, “Tolibon”ga jami kamida 30 million dollar to‘langan, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, pullarni qunduzlik sobiq kontrabandachi Rahmatulla Aziziy boshqaruvidagi kuryerlar tashigan. Jurnalistlar Aziziy 2019 yildan beri Moskvada istiqomat qilayotgani va uning Rahim Ahmadov nomiga berilgan Rossiya fuqarosi pasporti borligini aytdi.

Bu hujjatning raqami Solsberida sobiq ikki tomonlama agent Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani “Novichok” asab-falajlovchi modda bilan zaharlagan Anatoliy Chepiga (Ruslan Boshirov)ning pasport raqamidan faqat ikki raqam bilan farq qiladi, deydi jurnalistlar.

Kiritildi: 10:59 09.01.2025. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!