Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya 2016 yilda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumga aralashgan

Rossiya 2016 yilda Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumga aralashgan

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri ma’lum qildi.

Endi Byornemning aytishicha, bosh vazir lavozimini egallaganidan so‘ng u Rossiyaning referendumga aralashgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirtirgan.

"Men Rossiya 2016 yilgi Brexit referendumiga aralashganmi, degan savolga aniq javob oldim: ha, aralashgan. Menimcha, biz bunga juda sust munosabat bildirdik va xorijdan siyosiy jarayonlarni izdan chiqarishga qanchalik ko‘p urinishlar bo‘layotgani haqida aholini yetarlicha xabardor qilmadik", — dedi bosh vazir.

Byornem Moskva referendumga aynan qanday aralashgani, bu haqda kim ma’lumot bergani va qanday dalillar mavjudligi borasida tafsilotlarni bermadi.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 2016 yil iyun oyida o‘tkazilgan. Unda saylovchilarning 51,9 foizi YEIdan chiqishni yoqlagan. Qirollik 2020 yilda Yevropa Ittifoqini rasman tark etgan.

2025 yilda o‘tkazilgan so‘rovnomada yevropaliklarning aksariyati Brexit masalasida bildirgan: ularning 63 foizi Buyuk Britaniyaning YEIdan chiqib ketishi mamlakatga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga ishonadi. Atigi 19 foiz odam bu qarorni ijobiy deb baholagan.

Kiritildi: 20:56 12.10.2026. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!